1-avgustdan 30-sentyabrgacha ATTO kartasi orqali toʻlovlarni amalga oshirishda yoʻlovchilar Toshkent shahrida avtobuslarda belgilangan 1400 soʻm oʻrniga 1300 soʻm toʻlaydilar. Endi ATTO transport kartasidan foydalanish nafaqat qulay, balki foydali ham boʻladi.

Eslatib oʻtamiz, xuddi shunday aksiya 1-avgustda yaqindagina avtomatlashtirilgan toʻlash tizimi joriy etilgan Guliston shahridagi jamoat transportida ham boshlanadi. Yil oxirigacha Sirdaryo viloyatining viloyat markazida ATTO kartasi bilan yoʻl haqi uchun toʻlash 10 foizga arzonroq, yaʼni har bir harakatlanish uchun 900 soʻm boʻladi.

Shuningdek, transport kartalari egalari uchun endi poytaxtning bir nechta yoʻnalishli avtotransportlarida harakatlanish uchun chegirmalar amal qiladi.