Mariya Аntuanetta 1793-yili qatl etilgan. Uning hayoti va qatliomi haqida koʼplab asarlar bitilgan, filmlar suratga olingan.
"Bir vaqtlar Fransiya qirolichasi Mariya Аntuanettaga tegishli boʼlgan olmos bilakuzuklar Shvetsariyadagi auksionda 8 million dollarga sotildi. Bilakuzuklar auksionda telefon orqali ishtirok etgan va ismi oshkor qilinishini istamagan xaridor tomonidan sotib olingan" deyiladi hurriyet.com xabarida.
Taqinchoqlar Fransuz inqilobida Mariya Аntuanetta qatl qilinishidan oldin xavfsizlik nuqtai nazaridan oilasiga yuborilgan. Ikkita bilakuzuk 200 yildan ortiq vaqt mobaynida oilasida saqlangan.
112 dona olmos bilan bezatilgan bilakuzuklar birinchi marta auksionga qoʼyildi va kutilgan narxdan ikki baravar qimmatga sotildi.
Mariya Аntuanetta Аvstriyada tugʼilgan va Fransiyaning boʼlajak qiroli Lyudovik XVI ga boʼlajak rafiqa sifatida Fransiyaga yuborilgan.
1793-yil keng fransuz jamoatchiligi tomonidan obroʼsizlantirib, qatl etilgan.