“AVANTI” biznes-vatanparvarlikni rivojlantirish boʻyicha tadbirkorlar uyushmasi global forum oʻtkazadi

    Biznes 22 Iyul 2022 972

    2022-yil 21-iyulda Toshkent shahar hokimi oʻrinbosari — Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshligʻi Sharof Rahmonov “AVANTI” biznes-vatanparvarlikni rivojlantirish boʻyicha tadbirkorlar uyushmasining asoschisi va prezidenti Raxman Yansukov boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

    Mehmonlar Toshkentda yoshlar uchun biznesni boshlash va yuritishga undashga bagʻishlangan global forum oʻtkazish tashabbusini bildirdilar. Uning doirasida shaxsiy uchrashuvlar, fikr almashish, ishtirokchilarning muloqoti va zarur netvorkingni shakllantirish bagʻishlangan tadbirlarni oʻtkazish muhimligiga eʼtibor qaratib, bu biznesni rivojlantirish uchun bebaho tajriba boʻlishini taʼkidladilar, deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

    Uyushma bunday forumlarni Rossiya (Moskva, Sankt-Peterburg), Hindiston, Qozogʻiston va Misrda oʻtkazish tajribasiga ega. Global forum formati uning uchun ahamiyatli boʻlgan jihatlar qatori oʻz sohasida muvaffaqiyatga erishgan mashhur va muvaffaqiyatli maʼruzachi-rahbarlarning motivatsion taqdimotlarini oʻz ichiga oladi. Bunday forumning maqsadlari orasida nafaqat yoshlarni yangi biznesni boshlashga ilhomlantirish, balki ishbilarmonlarga amaldagi loyihalarni kengaytirishga koʻmaklashish ham boʻlib, bu pirovardida yangi kompaniyalarning paydo boʻlishiga, ishlab chiqarish quvvatlarining oshishiga, yangi xizmatlar va buning natijasida ish oʻrinlari yaratilishiga xizmat qiladi.