Faqat Oʻzbekistonning togʻli va togʻoldi hududlarida, 28-iyul seshanba kuni esa Fargʻona vodiysining tekislik hududida ayrim joylarga qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.
Kunduzgi havo harorati 35-38 daraja boʻladi, ayrim joylarda 40 darajagacha yetadi.
30-iyul kuni Volgaboʻyi hamda Oʻzbekistonning shimoli-gʻarbiy hududlari ustida balandlikdagi siklon shakllanishi kutilmoqda, u 31-iyul kuni va avgustning birinchi kunlarida butun respublika hududidagi ob-havoning shakllanishiga taʼsir koʻrsatadi.
31-iyulda respublikaning barcha viloyatlarida ayrim joylarga, 1-2-avgust kunlari togʻli va togʻoldi tumanlarga qisqa muddatli yomgʻir yogʻib, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Kunduzgi harorat 33-36 darajagacha pasayadi, bu iyul oxiri — avgustning boshi uchun xos boʻlgan iqlimiy meʼyorlarga yaqindir.
Baʼzi kunlarda respublika boʻyicha ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin, deb xabar beradi Oʻzbekiston gidrometeorologiya markazi.