Aviachipta pullari qaytarib berildi

    Ijtimoiy hayot 24 Noyabr 2020 11452

    Xonqa tuman «Sarapayon» qishlog'i «Istiqlol» mahallasida yashovchi fuqaro X.Vapayev tomonidan O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga murojaat yozma murojaat qiladi.

    Murojaatda, iste'molchi Urganch shahri markazidagi aviakassadan 2020 yil 7 mart kuni Urganch-Moskva yo'nalishidagi aviareysga 1 million 573 ming 600 so'mga chipta sotib olgan, ammo respublikamizda e'lon qilingan karantin sababli aviareyslar qoldirilgan.

    Shundan so'ng fuqaro ushbu mablag'ni qaytarib olish istagida aviakassaga qaytib borganida kassa xodimlari tomonidan rad javobini olgani haqida aytib o'tgan.

    Mazkur murojaatni o'rganish davomida iste'molchiga 1 mln 573 ming 600 so'm mablag' qaytarib berildi