Aviachiptalar sotuvidan tushgan 771,2 mln soʻm va 58,7 ming dollar talon-toroj qilindi

    Xavfsizlik 6 Aprel 2021 792

    Toshkent shahrida tadbirkorning juda koʻp miqdordagi pul mablagʻlarini oʻzlashtirgan moddiy javobgar shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

    Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament maʼlum qildi.

    Departamentning Mirobod tuman boʻlimi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “E-E.» MCHJning moddiy javobgar shaxslari boʻlgan avia-operatorlari aviachiptalar sotuvidan tushgan 771,2 mln soʻm va 58,7 ming AQSH dollarini kirim qilmasdan talon-toroj qilishib, jamiyat manfaatlariga juda koʻp miqdorda zarar yetkazganliklari aniqlangan.

    Mazkur holat yuzasidan MCHJning moddiy javobgar shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.