Bu haqda BBC xabar berdi.
Xabarga ko'ra, 20 yoshlarda ekanligi taxmin qilingan ayol voqea joyida vafot etdi, shu yoshdagi erkak esa og'ir jarohatlar oldi va og'ir ahvolda Nyukasldagi shifoxonaga vertolyotda yetkazildi.
Hodisa Sidneydan taxminan 300 kilometr shimolda joylashgan Kroudi-Bey milliy bog'idagi Kaylis plyajida sodir bo'ldi. Politsiya voqea joyiga tez tibbiy yordam xodimlarini chaqirdi.
Birlamchi sanoat departamenti mutaxassislari odamlarga katta buqa akula hujum qilgan, deb taxmin qilishmoqda.
Hodisa tufayli plyaj yopildi va akulalarni o'ljali ilgaklar bilan jalb qilish uchun “aqlli” baliq ovlash vositalari o'rnatildi, shunda ularni belgilab, keyin qo'yib yuborish mumkin bo'ladi.
Bu Avstraliyada bu yil sodir bo'lgan beshinchi halokatli akula hujumi, deb xabar berdi report.az.