Avstraliyada bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishini taqiqlovchi qonun qabul qilindi

    Avstraliya hukumati ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarining yoshini cheklovchi, 16 yoshga to'lmagan shaxslarning ularga kirishini taqiqlovchi qonunni qabul qildi.

    Bosh vazir Entoni Albaneze tegishli bayonot bilan chiqdi.

    Hukumat rahbarining ta'kidlashicha, Avstraliya “ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari uchun eng kichik yoshni 16 yosh qilib belgilovchi dunyoda yetakchi qonun”ni qabul qildi. “U amaldagi internet xavfsizligini tartibga soluvchi qonunchilikka o'zgartirishlar kiritadi, bu yosh avstraliyaliklarni rivojlanishning muhim bosqichlarida yanada ishonchli himoya qilishni ta'minlaydi”, deyiladi bayonotda.

    Albaneze, shuningdek, mamlakat hukumati texnologiya kompaniyalari va ijtimoiy tarmoq ma'muriyatlaridan 16 yoshgacha bo'lgan foydalanuvchilar akkaunt va sahifalar yarata olmasligini ta'minlash uchun oqilona choralar ko'rishni talab qilishini ta'kidladi. “Hukumat yangi qonunni buzganlik uchun qattiq jazo choralarini qo'llaydi, raqamli platformalar esa 49,5 million Avstraliya dollarigacha [32 million dollardan ortiq] jarimaga tortiladi”, dedi u va Snapchat, TikTok, Instagram va X (oldingi Twitter) ijtimoiy tarmoqlari yangi qoidalarga bo'ysunishini ta'kidladi. Bolalar Google Classroom va YouTube, shuningdek, xabar almashish vositalari va onlayn o'yinlardan foydalanishlari mumkin, deb xabar beradi tass.ru.