Bu haqda Yangi Janubiy Uels shtati politsiyasi ma'lum qildi.
Departament bayonotiga ko'ra, to'qnashuv mahalliy vaqt bilan soat 11:50 atrofida sodir bo'ldi.
“Favqulodda xizmatlar ikkita kichik samolyotning to'qnashib ketgani haqidagi xabardan so'ng voqea joyiga yetib kelishdi. Hozirda voqea joyida politsiya xodimlari ishlamoqda, hudud o'rab olindi.
Shuningdek, Avstraliya aviatsiya xavfsizligi boshqarmasi bilan hamkorlikda hodisaning sabablari va holatlari bo'yicha tekshiruv olib borilishi ma'lum qilindi, deb xabar beradi report.az.