Avstraliyada ishlab chiqarilgan birinchi raketa-tashuvchi uchirilganidan 14 soniya o'tib qulab tushdi

    Avstraliyada ishlab chiqarilgan birinchi raketa Eris uchirilgandan 14 soniya o'tib, uchirish maydonchasi yaqinida qulab tushdi. Bu haqda Gilmour Space Technologies dasturchisi ma'lum qildi.

    Bu haqda Gilmour Space Technologies dasturchisi ma'lum qildi.

    Uchirish 30-iyul kuni ertalab Kvinslend shimolidagi Bouen kosmodromidan amalga oshirildi.

    “Bugun Eris Avstraliya hududidan uchirilgan Avstraliyada ishlab chiqarilgan birinchi orbital raketaga aylandi – 14 soniya parvoz, 23 soniya dvigatelning ishlashi. Bu Avstraliya raketa dasturi uchun muhim muvaffaqiyatdir. Jamoa xavfsiz, [parvoz] ma'lumotlari mavjud, endi barchaning e'tibori ikkinchi sinov uchirilishida”, deyiladi kompaniya xabarida.

    Raketa oxir-oqibat yerga qulab tushganiga qaramay, kompaniya sinovni muvaffaqiyatli deb atadi, chunki raketa ucha oldi. Kompaniya bosh direktori Adam Gilmur sinovdan oldin Bloombergga aynan ana shunday natijani ular muvaffaqiyatli deb hisoblashlarini aytgandi. Raketa bortidagi yagona yuk Avstraliya ramzlaridan biri hisoblangan xamirturushli Vegemite ekstrakti asososida tayyorlangan pasta bankasi edi.

    Gilmour Space Technologies kompaniyasi 2015-yilda tashkil etilgan va o'zining birinchi raketasini 2023-yilda uchirishni rejalashtirgan edi, biroq ruxsat olishdagi kechikishlar tufayli bu muddat qoldirildi. Kompaniya xususiy sarmoyadorlar tomonidan moliyalashtiriladi, ammo iyul oyida u 3,3 million dollarlik davlat yordamini ham qo'lga kiritdi. Eris raketasi gibrid qattiq-suyuq yonilg'idan foydalanadi, balandligi 23 metr va yuk tashish og'irligi 300 kilogramm, deb xabar beradi oxu.az.