Bu haqda AZERTADJ mahalliy OAVga tayanib xabar berdi.
Avstraliyaning Iqlim o'zgarishi, energetika, atrof-muhit va suv resurslari vazirlik ma'lumotlariga ko'ra, bu mamlakatda yovvoyi hayvonlarning noqonuniy savdosi uchun eng uzoq qamoq jazosi qo'llaniladi.
Tergov ma'lumotlariga ko'ra, sudralib yuruvchilar pochta orqali Gonkong, Ruminiya, Janubiy Koreya va Shri-Lankaga jo'natilgan. Hayvonlar posilkalar, popkorn qoplari, pechenye bankalari va ayollar sumkalari ichiga yashirilgan holatda yuborilgan. Yuklarning bir qismi topilgandan so'ng, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari gumondorning uyini tintuv qilishdi va yana yuzlab sudralib yuruvchilarni topishdi.
Musodara qilingan hayvonlar orasida – g'arbiy ko'k tilli kaltakesaklar, soqolli ajdarholar, ssinklar, qalqon kaltakesaklar va boshqa turdagi mahalliy himoyalangan sudrauvchilar bor edi. Ularning barchasi qonun bilan himoyalangan va Avstraliyada yovvoyi hayvonlarning noqonuniy eksporti har bir jinoyat uchun 10 yilgacha qamoq jazosi bilan jazolanadi.
Vazirlik ma'lumotlariga ko'ra, kontrabanda sxemasi 2018-yildan 2023-yilgacha faoliyat yuritgan. 15 ta jo'natmani yuborishda boshqa odamlar ham ishtirok etgan – jinoiy guruhning uch a'zosi sudlangan.
Avstraliya sudralib yuruvchilarning noqonuniy savdosi uchun dunyodagi asosiy markaz bo'lib qolmoqda. 2021-yilgi Milliy atrof-muhit hisobotiga ko'ra, mamlakatda dunyodagi barcha sudralib yuruvchilar turlarining taxminan 10 foizi yashaydi, ularning 90 foizi endemikdir. O'sha yili Rojdestvo orolidagi o'rmon ssinki rasman yovvoyi tabiatda yo'q bo'lib ketgan deb ma'lum qilindi.
So'nggi yillarda federal hokimiyat yovvoyi hayvonlarning noqonuniy savdosiga qarshi kurashni kuchaytirdi. 2023-yil iyun oyidan 2025-yil boshigacha chegarada 780 ta yovvoyi hayvonni o'z ichiga olgan 200 dan ortiq yuk ushlandi. Bu davrda bunday jinoyatlar uchun hibsga olishlar soni uch baravar, musodara qilingan yuklar soni esa 5,5 baravar oshdi.
Avstraliya Iqlim o'zgarishi vazirligi tuzilmasida bioxilma-xillikni himoya qilish bo'yicha maxsus direktsiya tashkil etildi, u huquqni muhofaza qilish organlari bilan birgalikda noqonuniy savdoni aniqlash va to'xtatish maqsadida faoliyat yuritadi, deb xabar berdi oz.inform.kz.