Avstraliyalik ekspert Oʻzbekistonlik suvchilar bilan tajriba almashdi

    Mamlakatimiz agrar sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni oʻrganish maqsadida kelgan avstraliyalik ekspert Xans Kordik Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi.

    Xans Kordik koʻp yillar suv xoʻjaligi sohasida ishlaganligi bois Oʻzbekiston, xususan, Toshkent viloyati irrigatsiya tizimida suvdan resurslaridan samarali foydalanish, tejamkor texnologiyalarni joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan qiziqdi.

    Chirchiq-Ohangaron ITHB boshligʻining birinchi oʻrinbosari S.Alimbekov tizim faoliyati haqida batafsil maʼlumot berdi. Uchrashuvda asosiy eʼtibor qishloq xoʻjaligida tejamkor sugʻorish texnologiyalarini joriy etish masalalariga qaratildi.

    – Oʻzbekistonda ham Avstraliya kabi suvga talab yuqori ekan, – dedi Xans Kordik.

    Gulichehra DURDIYEVA,

    “Yangi Oʻzbekiston” muxbiri