Avstraliyalik fuqaro ulkan qovoqdan kanoe yasab, unda daryo bo'ylab suzdi

    Avstraliyaning Yangi Janubiy Uels shtatida yashovchi fuqaro qovoqdan kanoe yasadi va unda daryo bo'ylab suzdi.

    Buning uchun Adam Farkarson Sidneydagi qishloq xo'jaligi ko'rgazmasidagi Avstraliyadagi eng katta qovoq sifatida tan olingan qovoqdan foydalandi. Uning vazni 400 kilogrammdan oshadi.

    Adamning Tumut daryosi bo'ylab sayohatini qirg'oqdan mingdan ortiq odam tomosha qildi, deb xabar beradi mir24.tv.