Uzoq vaqt davomida u turli kasalliklarga, shu jumladan yallig'lanish va infektsiyaga qarshi vosita sifatida ishlatilgan. Bu haqda avstraliyalik olimlarning Clinical and Experimental Pharmacology and Physiology
jurnalida chop etilgan maqolasida aytilgan.
Professor va tadqiqot muallifi Kaniz Fotima Shadaning so'zlariga ko'ra, qora sedana tarkibidagi timoxinon faol moddasi COVID-19 virusining tikanli oqsiliga yopishishi va tarqalishining oldini olishi mumkin.
“Shuningdek, u COVID-19 bilan kasalxonaga yotqizilgan, og'ir bemorlarda kuzatiladigan “sitokin” bo'ronini ham to'sib qo'yishi mumkin”, dedi professor jurnalga bergan interv`yusida.
Timoxinon moddasi laboratoriyalarda, shu jumladan hayvonlarda ham keng o'rganilgan. Tadqiqot natijalariga ko'ra timoxinon yallig'lanishga qarshi kurashish orqali immunitet tizimimizga ijobiy ta'sir ko'rsatishi mumkin.
Shuningdek, u astma, ekzema, artrit, revmatoid va artroz kabi allergik kasalliklarni davolashda va hatto sklerozda foyda beradi.
Tahliliy maqolada qora sedana va timokinonning xususiyatlari, kelajakda COVID-19 infektsiyasini davolashda istiqbolli vositasi ekanligi haqida ma'lumotlar keltirilgan.
Qora sedananing oshqozon-ichak traktida tabiiy so'rilishi yomonligi tufayli terapevtik vosita sifatida qo'llanilishiga ko'p to'siqlar bo'lgan.
“Nanotexnologiya kabi farmakologik taraqqiyot yutuqlari bu to'siqni engib o'tib, u samarali dori sifatida ishlatilishi mumkin. Bundan tashqari, u yaqindan boshlab preparat sifatida bemorlarga burun spreyi va surtma sifatida muvaffaqiyatli qo'llanilmoqda”, — deydi doktor va tadqiqot hammuallifi Vissam Subra.
Qora sedana yuqori qon bosimi, yuqori xolesterin va diabetni davolashda foydali ekanligi isbotlangan. Yallig'lanishga qarshi vosita sifatida allergik rinit va sinusit, ekzema, artroz bilan og'rigan bemorlarga ham yordam beradi.
SHuningdek, u bir qator engil va og'ir infektsiyalar, grippni o'z ichiga oladigan viruslarni keltirib chiqarishi mumkin bo'lgan stafilokokk kabi bakteriyalarni o'ldirishda samarali ekanligi isbotlangan. Olim va hammualliflardan biri Denis Kordatoning so'zlariga ko'ra mashhur jurnalda chop etilgan tahliliy maqolada ming yildan oshiq an'anaviy tibbiy vosita sifatida ishlatilgan va nihoyat munosib e'tirofga ega bo'lgan ushbu tabiiy mahsulot haqida batafsil tushuncha berilgan.