Avstraliyalik olimlar miya saratoniga qarshi kurashishning samarali usilini ishlab chiqishdi

    Avstraliyalik olimlar tomonidan ishlab chiqilgan nanozarracha miya saratonini davolashda kimyoterapiya preparatlari samaradorligini oshirishi mumkin. Bu haqda Xinhua axborot agentligi xabar berdi.

    “Dori vositasini yanada samaraliroq qilish uchun biz uning qon va miya to'sig'idan o'tib, o'simtaga kirishiga, shuningdek, bemorlarda nojo'ya ta'sirlarni kamaytirishga yordam beruvchi katta teshiklari bo'lgan ultra kichik nanozarrachalarni ishlab chiqdik”, — dedi tadqiqot rahbari Taskin Janjua.

    Laboratoriya sichqonlari ustida o'tkazilgan tajribalar shuni ko'rsatdiki, o'smalarni davolash uchun dori vositasini o'z ichiga olgan nanozarrachalar muhim organlarga salbiy ta'sir ko'rsatmasdan miyada bir necha soat davomida muvaffaqiyatli to'planadi.

    Bu strategiya miya saratonini davolash va kasallikning qayta paydo bo'lishining oldini olishning yanada samarali usuli bo'lishi mumkin. Klinikadan oldingi tadqiqotlar istiqbolli tibbiy texnologiyalarning rivojlanishini tezlashtiradi va ana shunday tashxis qo'yilgan bemorlarning ahvolini yaxshilashga yordam beradi.

    Yangi nanozarra Kvinslend universiteti tadqiqotchilari tomonidan Yangi Janubiy Uels universitetidagi hamkasblari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan, deyiladi tass.ru saytida.