Muloqot chog‘ida O‘zbekistonda elektrotexnika sohasida yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama etildi.

Avstriya tomoniga elektrotexnika yo‘nalishida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish uchun mamlakatimizda katta xom ashyo bazasi va imkoniyatlar mavjudligi qayd etildi.

Tomonlar Avstriya elektrotexnika korxonalari bilan qo‘shma sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish istiqbollari xususida fikr almashdilar.

Avstriya vakili O‘zbekiston bilan elektrotexnika sohasida hamkorlik o‘rnatishga katta qiziqish mavjudligini va aniq natijaga qaratilgan ishlarni birgalikda amalga oshirishga tayyorligini bildirdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatga asoslangan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida shu yilning mart va aprel oylarida Venada ikki mamlakat korxonalari vakillari ishtirokida alohida uchrashuv tashkil etishga kelishib oldilar, deb xabar beradi «Dunyo» AA.

Avstriya Elektronika va elektrotexnika uyushmasi 1914-yilda tashkil etilgan. Uyushma elektrotexnika sohasida faoliyat yuritayotgan Avstriya korxonalari manfaatlarini ilgari surishda ko‘maklashadi, shuningdek, sohani rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi. Hozir kunda ushbu tashkilotga 300 ta yirik korxona a’zo hisoblanadi. Uyushmaga a’zo kompaniyalarning ishlab chiqarish qiymati yiliga 23,3 milliard dollarga teng, savdo hajmi esa 27 milliard dollarni tashkil etadi.