Avstriya muzliklari 2070 yilgacha butunlay erib ketishi mumkin – tadqiqot

    Avstriyadagi muzliklar yiliga o'rtacha 20 metrdan ortiq chekinmoqda va keyingi 46 yil ichida butunlay erib ketishi mumkin.

    Avstriya Alp klubining muzliklarni o'lchash xizmati ana shunday xulosaga keldi, deb xabar beradi tass.ru.

    Avstriya matbuot agentligining xizmatga tayanib xabar berishicha, respublikadagi 90 ta muzlikning birortasi ham o'z hajmini saqlab qola olmaydi.

    “Avstriya muzliklari faqat o'tmishda to'plangan muz zaxiralari tufayli mavjud”, dedi xizmat rahbari Andreas Kellerer-Pirklbauer.