Avstriyadagi tunnelda poyezd yonib ketdi

    Avstriyaning Tirol federal yeridagi Fritsensa yaqinidagi tunnelda yo'lovchi poyezdi yonib ketdi.

    Qayd etilishicha, hodisa kecha Insbrukdan Gamburg va Amsterdamga ketayotgan poyezdda sodir bo'lgan. Hodisa joyidan 151 kishi xavfsiz joyga ko'chirildi.

    Tirol ma'muriyatining ma'lum qilishicha, 33 nafar yo'lovchi yengil tan jarohati olgan va keyingi tekshiruv uchun yaqin atrofdagi shifoxonalarga yetkazilgan.

    Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, harakat vaqtida aloqa simi uzildi, uning chaqnashi ta'sirida avtomobillar ortilgan poyezd vagonida yong'in kelib chiqqan.

    Tunnel orqali o'tuvchi yo'nalish vaqtinchalik yopilgan va poyezdlar harakati boshqa yo'nalishga o'tkazilmoqda, deb xabar beradi korrespondent.net.