Mehmonlar toshkentlik tadbirkorlar va shahar maʼmuriyati bilan hamkorlikka tayyor ekanliklarini maʼlum qildilar. 12 nafar tadbirkordan har biri oʻz biznes-loyihasini tanishtirib, hamkorlik boʻyicha takliflar bildirdi. Taklif qilingan loyihalar orasida sogʻliqni saqlash tizimini axborotlashtirish, favqulodda hodisalardan (qor koʻchkilari, yongʻinlar, suv toshqinlari) himoya qilish boʻyicha yechimlar, shahalarni boshqarish boʻyicha IT-yechimlar uchun platforma, koʻp qavatli binolarning yongʻinga qarshi jihozlanishi, muz saroylari uchun muz ishlab chiqarish, obyektlarning suv taʼminoti, oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash, eksport-import operatsiyalarini qoʻllab-quvvatlash uchun eksport-import agentligi, kichik gidroelektrostansiyalar, transport boshqaruvi (turargohlar, yoritish) sohasida konsalting kabi takliflar bor.
Mehmonlar uchrashuv ishtirokchilarining qiziqtirgan masalalarda, xususan, havo tozaligi datchiklari va poliklinikalarda bemorlarning elektron anketalariga oid savollarga javob berdilar. Mezbon taraf mehmonlarga Toshkentda oʻzaro aloqalarni rivojlantirishga turtki boʻlib xizmat qiluvchi, vakolatxona ochish taklifini bildirdi, deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.