Avtobus agʻdarilib ketishi natijasida 5 nafar yoʻlovchi tan jarohati olgan

    Ijtimoiy tarmoqlarda Qiziltepa tumanida avtobus agʻdarilib ketgani haqida xabar tarqagan edi.

    2022-yil 3-may kuni soat 10:00 larda, Navoiy viloyati, Qiziltepa tumani hududidan oʻtuvchi 4R-65 avtomobil yoʻlining 23-24-kilometrlari oraligʻida haydovchi, 1973-yilda tugʻilgan K.Oʻ. “Yutong” rusumli avtobusda harakatlanayotib, ehtiyotsizligi oqibatida rul boshqaruvini yoʻqotgan va avtobus yoʻl chetiga agʻdarilgan.

    YTH natijasida 5 nafar yoʻlovchilar tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.

    Ushbu YTH yuzasidan Navoiy viloyati IIB huzuridagi TB tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Barcha haydovchilardan qoidalarga rioya qilishlarini, ayniqsa yoʻlovchi tashuvchi haydovchilar oʻta ehtiyotkorlik bilan harakatlanishlarini soʻraymiz, deya ogohlantiradi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati.