Qayd etilishicha, “Toshshahartransxizmat” AJning 8 ta avtobus saroyi filiallarida xizmat koʻrsatuvchi avtobus haydovchilarining oylik maoshlari quyidagi tartibda hisoblanadi:
Ishlangan oy tugagach, keyingi oyning 1-sanasidan 10-sanasiga qadar haydovchilarning 1 oyda ishlagan ish soati, bajargan qatnovlar soni, muntazamligi hisoblab tyekshiriladi.
Keyin esa, haydovchining bir oy davomida yoʻnalishda harakatlangan vaqtda sodir etgan qoidabuzarliklari tekshiriladi. Barcha maʼlumotlar yigʻilgandan soʻng, keyingi oyning 10-sanasidan oylik maoshining aniq hisobi chiqariladi. Shundan soʻng, belgilangan oylik maoshlari haydovchilarga toʻlana boshlaydi.
Murojaatda keltirilgan maʼlumot yaʼni, avtobus haydovchisi 3 oydan buyon oylik maoshi olmayotganligi haqidagi maʼlumot yolgʻon!
Ayni paytda “Toshshahartransxizmat” AJning 8 ta avtobus saroyi filiallari haydovchilarining faqatgina avgust oyi uchun qisman qarzdorliklari mavjud boʻlib, hafta yakuniga qadar toʻliq qoplanishi belgilanganligini maʼlum qilamiz, deyiladi "Toshshahartransxizmat» AJ rasmiy munosabatida.