Unga ko‘ra, joriy yilning 7 iyun kuni, soat 10:12 lar atrofida, “Toshshahartransxizmat” AJning "12-Avtobus saroyi" filiali tasarrufidagi, davlat raqami 01| 847 ZJA bo‘lgan, 59-sonli yo‘nalish haydovchisi Zokirov Olim o‘z boshqaruvidagi avtobusning sovutish tizimi (kondisioner)ni yoqmagan holda harakatlanib, "Sergeli 7-mavze" bekatida yo‘lovchilar e’tirozidan so‘ng sovutish tizmi (kondisioner)ni yoqqan holda harakatlanganligi aniqlandi. Ushbu holat yuzasidan "Toshshahartransxizmat" AJ hamda "12-Avtobus saroyi" filiali mas’ul xodimlari tezkorlik bilan 59-sonli avtobus yo‘nalishining oxirgi bekati hisoblangan "Do‘stlik - 2 shox bekati"ga yetib borib, yo‘lovchilar noroziligiga sabab bo‘lgan haydovchi bilan tushintirish ishlari olib borildi hamda  haydovchiga nisbatan belgilangan tartibda intizomiy jazo chorasi ko‘rilishi belgilandi.

Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, korxona ichki tartib qoidasiga binoan, haydovchilar avtobus salonida sovutish tizimi (kondisioner) ni soat 8:00 dan 19:00 ga qadar yoqqan holda harakatlanishlari belgilangan.

Bayonotda, shuningdek, yuqoridagi kabi holatlar kuzatilgan taqdirda “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyatining 1062 ishonch raqamiga murojaat qilish mumkinligi aytilgan.