Oliy Majlis Qonunchilik palatasida masʼul qoʻmita tomonidan jamoat transportidan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan qonun loyihasi siyosiy partiyalar fraksiyalari muhokamasiga kiritish uchun tayyorlanmoqda.
Qonun loyihasiga asosan, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga jamoat transporti uchun alohida ajratilgan yoʻlaklarda harakatlanish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik belgilash nazarda tutilmoqda.
Ushbu harakatni birinchi marta sodir etganlik uchun – bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari miqdorida, bir yil davomida takroran sodir etilgan boʻlsa – bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida jarima belgilanmoqda.