Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, javobgarlikka tortilganlarga nisbatan BHMning o‘ndan bir qismiga teng — 41 200 so‘mlik jarima qo‘llanilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2024-yil 1-yanvardan boshlab poytaxt avtobuslarida faqat naqd pulsiz to‘lov tizimi amal qiladi. 14-martdan esa ushbu tartibni buzganlarga nisbatan jarima qo‘llash boshlandi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 144-moddasiga ko‘ra, trolleybusda, tramvayda, shahar ichida va shahar atrofiga qatnaydigan avtobusda, marshrut taksisida yo‘lkira haqi to‘lamasdan yuk olib yurish, har bir yuk joyi uchun bazaviy hisoblash miqdorining o‘ndan bir qismi (41 200 so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Transport nazorati inspeksiyasi hamda Toshkent shahar jamoat transportini monitoring va nazorat qilish davlat muassasasi tomonidan Toshkent shahri avtobuslarida yo‘l haqini to‘lamasdan harakatlanayotgan yo‘lovchilarga nisbatan kuchaytirilgan reyd tadbirlari davom etmoqda.