Transport vazirligining maʼlum qilishicha, ijtimoiy tarmoqlar orqali Toshkent shahar avtobus yoʻnalishlarida naqd pulda toʻlov qilgan yoʻlovchilar jarimaga tortilishi toʻgʻrisida asossiz maʼlumotlar joylanmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 144-moddasida yoʻlovchining trolleybusda, tramvayda, shahar ichida va shahar atrofiga qatnaydigan avtobusda chiptasiz yurishi — BHMningoʻndan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab boʻlishi belgilangan, — deyiladi xabarda.
Yoʻlovchilar vaqtni va mablagʻini tejash uchun avtobuslarda yoʻl haqini 1700 soʻm evaziga elektron toʻlov turlari, yaʼni:
— Bank kartalari,
— Mobil ilovalar hamda
— ATTO transport va virtual kartalari orqali amalga oshirishini tavsiya qilinadi.