Shunday murojaatlardan birini Fargʻona viloyati Oltiariq tumanida yashovchi J.Yusupov (ismi oʻzgartirilgan) yoʻllagan. Unda qayd etilishicha, fuqaro Fargʻona shahri Sayilgoh koʻchasida joylashgan “Umid avtolizing” MCHJdan lizing orqali “Cobalt” rusumli avtoulov xarid qilish maqsadida shartnomaga asosan 46 831 000 soʻm miqdorida boshlangʻich badal toʻlagan. Biroq avtomashina fuqaroga oʻz vaqtida yetkazilmagan. Isteʼmolchining murojaatlari hech qanday samara bermagan.
Mazkur murojaat federatsiyaning Fargʻona shahar jamiyati xodimlari tomonidan oʻrganilishi natijasida Fuqarolik ishlari boʻyicha Toshkent shahar Shayxontohur tumani sudiga daʼvo arizasi kiritildi. Sud jarayoni boshlanguniga qadar 46 831 000 soʻm mablagʻning isteʼmolchining plastik kartasiga qaytarilishiga erishildi, deyiladi federatsiya matbuot xizmati xabarida.