Ana shunday qingʻirliklarning yana biri Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Chuqursoy” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida fosh etildi.

Unga koʻra, xorijdan temir yoʻl konteynerida olib kelingan 3 turdagi yengil avtomobillar uchun moʻljallangan gʻildirak disklar belgilangan tartibda bojxona koʻrigidan oʻtkazildi.

Natijada, mazkur konteynerda yuklarga tegishli hujjatlarda koʻrsatilganidan ortiqcha boʻlgan, qiymati 260 mln. soʻmlik 260 dona yengil avtomobillar uchun moʻljallangan gʻildirak disklari borligi aniqlandi.

Shuningdek, mazkur tovarlarga 24,7 mln. soʻm miqdorda qoʻshimcha bojxona toʻlovlari hisoblandi.