Xabarga ko‘ra, G‘uzor–Samarqand yo‘nalishida A-378 yo‘lining 90-kilometrida “ISUZU” rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘l chetiga ag‘anab ketishi oqibatida avtomashina saloni ichida 2 nafar fuqaro qisilib qolgan.

Zudlik bilan 1 ta yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi voqea joyiga yetib borib, qutqaruvchilar tomonidan atrofdagi fuqarolar yordamida jabrlangan 2 nafar fuqaro avtomashina ichidan olib chiqilgan va tuman Tibbiyot birlashmasiga yuborilgan. 

"Hozirda ularning ahvoli yaxshi", deyiladi xabarda.