Xususan, oʻtgan haftaning dushanba-juma, yaʼni 28-iyun – 2-iyul kunlari 1 barrel Brent neftining oʻrtacha kotirovkasi – 76,20 dollarni, bunda minimal koʻrsatkich – 75,17 dollarni, maksimal koʻrsatkich – 77,26 dollarni tashkil etdi.

“Oʻzbekneftgaz” AJ Iqtisod va rejalashtirish departamentining maʼlumotiga koʻra, mazkur kotirovkalardan kelib chiqib, ushbu davrda Buxoro neftni qayta ishlash zavodi tomonidan birja savdolariga qoʻyilgan avtomobil benzini va dizel yoqilgʻisining shakllangan boshlangʻich narxlari (1 tonnasi uchun) quyidagilarni tashkil etdi:

Avtomobil benzini

Ai-80 markali – oʻrtacha 6 981,1 ming soʻm (minimal – 6 925,7 ming soʻm, maksimal – 7 042,6 ming soʻm);

Ai-91 markali – oʻrtacha 8 156,0 ming soʻm (minimal – 8 089,9 ming soʻm, maksimal – 8 229,5 ming soʻm);

Ai-92 markali – oʻrtacha 8 312,6 ming soʻm (minimal – 8 245,2 ming soʻm, maksimal – 8 387,6 ming soʻm);

Ai-95 markali – oʻrtacha 9 420,6 ming soʻm (minimal – 9 342,4 ming soʻm, maksimal – 9 507,5 ming soʻm);

Dizel yoqilgʻisi

EKO markali – oʻrtacha 9 726,1 ming soʻm (minimal – 9 642,5 ming soʻm, maksimal – 9 818,9 ming soʻm);

Yevro-4 markali – oʻrtacha 9 888,3 ming soʻm (minimal – 9 804,7 ming soʻm, maksimal – 9 981,1 ming soʻm);

Yevro-5 markali – oʻrtacha 10 096,7 ming soʻm (minimal – 10 010,6 ming soʻm, maksimal – 10 192,5 ming soʻm).

“Oʻzbekneftgaz” AJ matbuot xizmati