Bunda gaz ballonlarning talabga javob bermasligi, tegishli ruxsat olmay oʻrnatib olingani, Vazirlar Mahkamasining 2020-yildagi tegishli qarori talablari bajarilmagani koʻplab qonunbuzilishlarga sabab boʻlgan.
Shu tufayli mazkur holatlar yuzasidan haydovchilarga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Avtoulovlar vaqtinchalik jarima maydoniga qoʻyildi. Shuningdek, avtoulovlarni jarima maydonidan chiqarish vaqtida noqonuniy gaz ballonlar yechildi.
Maʼlumotlarga koʻra, hozir hududdagi jismoniy shaxslarga tegishli jami avtomobillar soni 324 ming 154 tani tashkil etmoqda.