Buning uchun YHXB boʻlinmalariga murojaat qilish shart emas.
Stikerni rasmiylashtirish uchun portal yoki my.gov.uz mobil ilovasiga kirib, qidiruv satrida «Ekologik stiker« yoki «Transport« boʻlimida «Avtotransport vositasiga ekologik stiker olish« xizmatini tanlash va arizani tasdiqlash lozim.
Tayyor stiker 10 kun ichida uyga yetkaziladi.
Xizmat va stiker bepul taqdim etiladi. Faqat uyga pochta orqali yetkazib berish xizmati uchun haq toʻlanadi: u 20 600 soʻmni tashkil etadi.