Avtomobil yoʻllari qoʻmitasiga joriy yilda 13 ta xalqaro avtomobil yoʻllari yoqalariga 9 million tup koʻchat ekish topshirildi

    “Toshkent-Ohangaron” xalqaro avtomobil yoʻlining 53 kilometrlik qismida 840 mingta daraxt ekilgani oʻziga xos tajriba boʻlgani aytildi.

    Avtomobil yoʻllari qoʻmitasiga viloyat hokimliklari bilan birga bu tajribani joriy yilda 13 ta xalqaro avtomobil yoʻllarida amalga oshirib, 9 million tup koʻchat ekish topshirildi. Yana 2 ming kilometr avtomobil yoʻllari yoqasi daraxt ekish uchun 10 ming nafar fuqaro va tadbirkorlarga boʻlib beriladi.

    Samarqand-Qarshi temir yoʻlining 145 kilometr, Toshkent-Samarqand temir yoʻlining 150 kilometr qismida kuz mavsumida 1 million tupdan koʻchat ekishni tashkil qilish vazifasi qoʻyildi.

    Ekologiya vazirligiga chiqindi poligonlari atrofida 167 ming daraxtni parvarishlab, “yashil belbogʻ” barpo etish topshirildi.

    Dala chetlarida 21 million tup terak, tut va uzum ekish, tarmoq korxonalarida 5 million koʻchat ekib, “yashil belbogʻ” barpo qilish muhimligi taʼkidlandi.