Ayrim temir yoʻl kesishmalaridagi “Stop” belgilari boshqariluvchi svetoforlarga almashtiriladi

    Transport 16 May 2025 1477

    Bugungi kunda yoʻllardan kesib oʻtuvchi ayrim temir yoʻllarda hafta yoki kun davomida vagonlar harakatlanmasada, haydovchilar belgi oldida toʻxtashga majbur va natijada uzun tirbandliklar yuzaga kelmoqda.

    Masalan, Toshkent shahrining Fargʻona yoʻli koʻchasi (koʻprik oldida), Choʻponota va Shota Rustaveli koʻchalari kesishmasi, Kichik xalqa yoʻli (Qushbegi) singari yirik yoʻllarda zarurat boʻlmasada, haydovchilar toʻxtashga majbur.

    Shu munosabat bilan qaror bilan avtomobil yoʻllaridan oʻtgan ayrim temir yoʻl kesishmalarida “Stop” belgilari boshqariluvchi svetoforlarga almashtirilishi belgilandi.