Videorolikning boshida bola yuk mashinasining oldini to'sib, o'zini chetga olganini ko'rish mumkin.

Olmaota viloyati politsiya departamentining xabar berishicha, voyaga yetmaganlar politsiyasi harakatlanayotgan avtomashina tomon yugurib chiqqan maktab o'quvchisining shaxsini aniqlagan. Bu Kaztsik qishlog'idagi 6-maktab o'quvchisi bo'lib chiqdi.

“2010-yilda tug'ilgan, voyaga yetmagan shaxs bilan profilaktik suhbat o'tkazildi. Uning ota-onasiga nisbatan Qozog'iston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 127-moddasi “Tarbiyalash va (yoki) o'qitish majburiyatlarini bajarmaslik, voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish bo'yicha ma'muriy bayonnoma tuzildi”, dedi politsiya.

Huquq-tartibot idoralari xodimlari ota-onalar farzandlari tarbiyasi, jumladan, ularga yo'l harakati qoidalarini o'rgatish masalasiga e'tibor qaratishlari zarurligini ta'kidladi, deb xabar beradi tengrinews.kz.