Avtomototransport vositalarini sotish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritildi

    Biznes 26 Dekabr 2023 1032

    Oʻzbekiston Respublikasida yangi avtomototransport vositalarini chakana sotish tartibini yanada takomillashtirish hamda isteʼmolchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qarori (2023-yil 25-dekabr kuni №683) eʼlon qilindi.

    Yaʼni Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalari quyidagi mazmundagi 119—1 band bilan toʻldirildi:

    119—1. Sotuvchi oldi-sotdi shartnomasini tuzishda barcha isteʼmolchilarga teng imkoniyatlarni yaratadi.

    Agar bozorda ustun mavqega ega sotuvchida oʻzi tomonidan ishlab chiqarilgan avtomototransport vositasini sotishda ichki bozordagi talabni qondirish imkoniyati mavjud boʻlmaganda, bir shaxs bilan 12 oy davomida avtomototransport uchun ikkitadan ortiq shartnoma tuzilganda, sotuvchi keyingi 12 oy mobaynida ushbu mahsulot uchun qayta shartnoma tuzishdan bosh tortish huquqiga ega.