avtoticket.uz sayti hamda UzBus mobil ilovasi ish faoliyatida emas — Transport vazirligi

    Ijtimoiy hayot 12 Fevral 2025 3439

    Shaharlararo avtobus yoʻnalishlari uchun onlayn chiptalar olishga moʻljallangan vtoticket.uz hamda UzBus mobil ilovasi sayti ishlamay qoldi.

    Transport vazirligining maʼlum qilishicha, hozirgi vaqtda profilaktika ishlari olib borilayotganligi sababli avtoticket.uz sayti hamda UzBus mobil ilovasi vaqtincha ish faoliyatida emas.

    Shu sababli hududlararo va xalqaro avtobus qatnovlari uchun chiptalarni “Toshkent“ avtovokzali kassalaridan xarid qilishingizni soʻraymiz, — deyiladi xabarda.