Mazkur tadbirdan ko'zlangan asosiy maqsad, avtotransport vositalaridan atrof-muhitga etkazilayotgan zararli ta'sirlarni kamaytirishga, shuningdek atmosfera havosini muhofaza qilishga qaratilgan qonunchilik talablariga rioya qilinishiga yo'naltirilgan.

Tadbir davomida avtotransport vositalaridan tashlanayotgan zararli gazlarning toksiklik darajasi va tutun qalinligi bevosita maxsus asboblardan foydalanilgan holda o'lchash yo'li bilan nazoratdan o'tkaziladi.

Olingan natijalar davlat standartlarida belgilangan me'yorlarga solishtiriladi. O'rnatilgan me'yorlardan ortiq chiqish holatlari yuzaga kelgan taqdirda ularga nisbatan qonunchilikda o'rnatilgan tartibda ta'sir choralari ko'riladi.

Joriy yilning 10 apreldan respublikamiz hududida “Toza havo” tadbiri oyligi boshlanganini ma'lum qilamiz, deya xabar bermoqda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasi.