Bu haqida Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati maʼlum qildi,
Qayd etilishicha, foydalanishga rasmiy topshirilmagan talabalar turar joyiga joylashtirilgan talabalar boshqa yotoqxonalar va ijara xonadonlariga koʻchirildi.
Holat yuzasidan Toshkent shahar hokimi oʻrinbosari Durdona Rahimova boshchiligidagi ishchi guruh talabalar yotoqxonasiga borib, vaziyatni joyida oʻrgandi. Oʻrganishda tadbirkor, tegishli masʼullar, prokuratura xodimlari hamda Toshkent davlat texnika universiteti rahbariyati ishtirok etdi.
Maʼlum boʻlishicha, Talabalar shaharchasida davlat-xususiy sheriklik asosida qurilgan mazkur talabalar turar joyi hali rasmiy foydalanishga topshirilmagan. Obyektning kadastr hujjatlari rasmiylashtirilmagan, undan foydalanish uchun zarur ruxsatlar ham olinmagan.
Bundan tashqari, binoda issiq suv va isitish tizimlari hali ulanmagan, yongʻin xavfsizligi boʻyicha ham obyekt amaldagi talablarga javob bermaydi.
Shu sababli talabalar xavfsizligini taʼminlash maqsadida ular mazkur obyektan chiqarilib, universitetning mavjud talabalar turar joylari hamda ijara xonadonlariga toʻliq joylashtirildi.
Talabalardan ushbu obyektga avval joylashtirilgani uchun undirilgan toʻlovlar esa tadbirkor tomonidan 3 kun muddatda toʻliq qaytarib beriladi.
Ayni paytda obyektning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish va undan foydalanish uchun zarur ruxsatlarni olish boʻyicha ishlar davom ettirilmoqda.
Holatning barcha jihatlari oʻrganilib, talabalarning xavfsizligi va qonuniy manfaatlarini taʼminlash boʻyicha tegishli choralar koʻrilmoqda.