Yaʼni haydovchilar ishonchnoma olish uchun notarial idora izlab yurmaydi, hujjatni tasdiqlatish uchun navbatlarda ham turmaydi. Barcha jarayonlar onlayn amalga oshiriladi.
Hujjat unutib qoldirilganida ham muammo yuzaga kelmaydi. Chunki ishonchnomalar YPX xodimlari tomonidan elektron tekshiriladi.
Elektron ishonchnoma uchun alohida toʻlov tartibi (davlat boji – BHM ning 3 baravari – 900 ming soʻm) belgilangan.
Bunda davlat boji:
1 oygacha boʻlgan muddatga – 10 % (90 ming soʻm);
6 oygacha boʻlgan muddatga – 50 % (450 ming soʻm);
3 yilgacha boʻlgan muddatga – 100 % (900 ming soʻm miqdorida) undiriladi.