Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yilning 30 noyabr kunidagi “Аvtomototransport vositasi konstruktsiyasini va (yoki) uning qismini oʼzgartirish bilan bogʼliq faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnomani taqdim etish va avtomototransport vositasini qayta jihozlashga ruxsatnoma berish tartibi toʼgʼrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 758-son qarori qabal qilindi.

Unga asosan, 2021 yil 1 yanvardan boshlab avtoulovlarga maxsus tovushli ishoralar beruvchi moslama “SIRENА” yoki yalt-yalt etuvchi chiroq-mayoqcha “MIGАLKА” oʼrnatish uchun bir yiliga BXMning 50 foizi (1 431 660 soʼm) miqdorida pul toʼlab ruxsatnoma berilishi belgilandi.