Qarorga koʻra, raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi quyidagi sohalarda maxsus vakolatli davlat organi etib belgilandi:
- axborotlashtirish, telekommunikatsiyalar, pochta aloqasi, raqamli texnologiyalar sohalarida davlat nazoratini amalga oshirish;
- ommaviy axborot vositalarini roʻyxatga olish hamda ular tomonidan qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilinishini monitoring va nazorat qilish;
- bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish.
2027-yil 1-yanvargacha quyidagi imkoniyatlarga ega “Raqamli nazorat” platformasi ishga tushiriladi:
- aholi istiqomat qilayotgan, jumladan, olis va chekka hududlardagi raqamli texnologiyalar va telekommunikatsiyalar sohalarida koʻrsatilayotgan xizmatlarni monitoring qilish;
- axborot tizimlari, resurslari, dasturiy mahsulotlar va maʼlumotlar bazalarida yuzaga kelgan uzilish yoki toʻxtalish holati boʻyicha tegishli choralar koʻrish;
- jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar tezkor koʻrib chiqilishini tashkil etish.








