Tadqiqotlar davomida Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumanida joylashgan Axsikent yodgorligida Qoraxoniylar davriga oid devoriy suratlar aniqlandi.

Eʻtiborlisi, bu kabi suratlar Fargʻona vodiysida ilk marotaba topilmoqda. Devoriy suratlar Qoraxoniylar davriga tegishli mahobatli arxitektura inshootlari devorlarini bezab turgan, deyiladi Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining rasmiy telegram sahifasida.