Ayiq Saxalindagi novvoyxonaga kirib, 125 ta pishiriq edi

    Saxalinda och ayiq novvoyxonaga yashirincha kirib, xodimlarning oldida yuzdan ortiq pishiriq yedi.

    Voqea kecha Oxa shahrida sodir bo'lgan. Ehtimol, yirtqich juda och qolgan va novvoyxonadan taralgan pishiriqlarning hidi uni o'ziga tortgan. U xonadagi odamlarga e'tibor bermadi, darhol ishtaha bilan pishiriqlarni paqqos tushira boshladi.

    Internetda joylashtirilgan videoda ayiq ayollarni umuman qo'rqitmaganini ko'rish mumkin. Ular uning ovqatlanishini zavq bilan tomosha qilishdi va telefon kameralari orqali voqeani tasvirga olishdi, deb xabar beradi mir24.tv.