Unga ko'ra, hayvon 73 yoshli ayolga hujum qilgan, u ko'plab jarohatlar bilan zudlik bilan shifoxonaga yotqizilgan. Muassasa xodimlaridan hech biri ayiqning ichkariga kirganini ko'rmagan, biroq uning hujum qilgan payti kuzatuv kameralariga tushib qolgan. Voqea joyiga politsiya va qutqaruv xizmatlari yetib kelganida, hayvon allaqachon obyektni tark etgan edi.
So'nggi oylarda Yaponiyada turar-joylarda ayiqlar bilan bog'liq hodisalar tez-tez sodir bo'lgan. Iyul oyida yovvoyi hayvon Yamagata prefekturasidagi aeroport hududiga aylanib o'tgan, aeroport ma'muriyati uchish-qo'nish yo'lagini vaqtincha yopishga majbur bo'lgan. O'tgan oyda mamlakatda odamlarga ayiqlarning bir necha hujumi qayd etilgan.
Yaponiyada har yili turar-joylarda ayiqlar bilan bog'liq 200 ga yaqin hodisa qayd etiladi. Ushbu holatlarning ba'zilari odamlarning o'limiga va jarohatlar olishiga sabab bo'ladi. Ko'pincha baxtsiz hodisalar tog'li hududlarda va o'rmon zonalari yaqinida joylashgan qishloq joylarda va shaharlarda sodir bo'ladi, deb xabar beradi tass.ru.









