“Ayniqsa urgʻochi ayiq hamda uch ayiqcha koʻproq muammo tugʻdirmoqda. Ular hamma joyda izgʻimoqda, bitta ikki yoshli ayiq esa shaharni umuman tark etmayapti”, deydi shahar meri Butika Jolt.
Shahar jandarmeriyasiga ayiqlarni shahardan olib chiqib ketish boʻyicha shikoyatlar tushmoqda.
Birinchi martasiga ayol kishi pansionatda ayiqni koʻrib qolganini xabar qilgan. Jandarmeriya brigadasi voqea joyiga yuborilgan, lekin ayiqni topa olishmagan. Ayiq pansionatga katta ehtimol bilan yemish izlab kelgan boʻlishi mumkin.
Yana bir vaziyatda erkak kishi ayiq doʻkon eshigini sindirib, uning ichiga kirib olgan haqida xabar qilgan. Jandarmeriya zudlik bilan voqea joyiga borib, urgʻochi ayiq hamda uchta ayiqchani topishgan hamda ularni oʻrmon tomonga haydab chiqarishgan.
Shahar merining aytishicha, u hukumatga ayiqlarni aholidan uzoqroq tomonga koʻchirish masalasida murojaat qilgan. Lekin hanuzgacha bu masala hal etilmagan.