Oʻtkazilgan tezkor tadbirlarda chet el fuqarosi N.S. fuqarolar Z.E. va I.S.ning ishonchiga kirib, ularni 40 000 AQSH dollari evaziga Meksika davlati orqali Amerika Qoʻshma Shtatlariga chegaradan oʻtkazib qoʻyishini aytib, oldindan 4 000 AQSH dollarini olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, fuqarolar J.T. va R.T. fuqaro M.A.ning ishonchiga kirib, uni 18 000 AQSH dollari evaziga aylanma yoʻllar orqali Amerika Qoʻshma Shtatlariga yuborishini aytib, oldindan 5 000 AQSH dollarini olayotgangan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.