Ayni vaqtda “Qamchiq” dovonining yuqori nuqtalarida qor yogʻishda davom etmoqda, deb xabar beradi FVV axborot xizmati.
FVV, YPX va “Qamchiqavtoyoʻl” IYFUK xodimlari hamkorligida yoʻlni qordan tozalash, muzlamalar hosil boʻlishining oldini olish va qum-tuz aralashmasini sepish ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, FVV qutqaruvchilari tomonidan nazorat tadbirlari olib borilib, yoʻlda qolib ketgan haydovchi va ularning avtotransport vositalariga yordam koʻrsatilmoqda. Dovonda ikki tomonlama avtomobillarning harakati davom etmoqda.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi yoʻl transport hodisalari bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida, dovon hududida harakatlanishda haydovchilardan barcha xavfsizlik choralarini koʻrishlar soʻraldi.