Ayol ikki nafar bolasi bilan uyning to'qqizinchi qavati derazasidan sakrashga urinayotgani haqidagi xabardan so'ng avtopatrul voqea joyiga yetib kelgan. Voqea joyiga birinchi bo'lib 26 sonli ichki ishlar bo'limi katta inspektori Asqar Papishyev o'zining sherigi Eldos Nugmanov bilan birga yetib keldi – u o'sha paytda tuman aholisi bilan uchrashuv o'tkazayotgan edi.
Politsiya xodimlari to'qqizinchi qavatga ko'tarilgan paytda ayolning to'ng'ich farzandi allaqachon otasining oldida edi. Kenja farzandini esa ayol qo'lidan ushlab turgandi va u kimdir ularga yaqinlashsa, pastga sakrashini aytdi.
Huquq-tartibot idoralari xodimlaridan biri ayolni gap bilan chalg'itmoqchi bo'lgan bo'lsa, ikkinchisi fuqarolik kiyimini kiyib oldi hamda xonadonga kirib, orqadan jimgina yaqinlashib, ayolni va uning bolasini qutqarib qoldi hamda fojianing oldini oldi.
Keyinchalik ma'lum bo'lishicha, 24 yoshli ayol oilaviy janjaldan keyin umidsizlikka tushib qolgan. Yosh onani bu holga solgan turmush o'rtog'iga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 73-moddasi 1-qismi “Oila-maishiy munosabatlar sohasidagi qonunga xilof harakatlar” bilan ma'muriy bayonnoma tuzildi. Oila alohida nazorat ostida, deb xabar beradi tengrinews.kz.