Ayol turmush oʻrtogʻining mast holatda 2008-yilda tugʻilgan M.R. va 2012-yilda tugʻilgan M.A. qizlarini urgani hamda ularga nisbatan turli shaklda tazyiq oʻtkazgani yuzasidan IIBga murojaat qilganini aytgan.

Biroq holat yuzasidan mutasaddilar tegishli chora koʻrmaganini, qizlariga himoya orderi berish boʻyicha arizasi esa qanoatlantirilmaganidan noroziligini bildirib, ushbu vaziyatni hal qilinishida koʻmak soʻragan.

Bolalar ombudsmani soʻroviga asosan ichki ishlar organlari tomonidan holat oʻrganildi hamda 31-yanvar kuni murojaatchi D.R.ning oʻziga va ikki nafar qiziga himoya orderlari rasmiylashtirildi.

Ayolning turmush oʻrtogʻi harakatlariga huquqiy baho berish masalasini oʻrganish bilan birgalikda unga himoya orderi doirasidagi taqiqlar va ularni buzishning huquqiy oqibatlari haqida ogohlantirildi.