Toshkent viloyatida chiqindilarni yoqmoqchi bo'lgan ayol o'zini ham yoqib yubordi. Bu haqda «Millar» dasturi xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, ayol uydagi barcha chiqindilarni bir joyga to'plagan. Chiqindilar yaxshi yonishi uchun benzin sepgan. Chiqindilarni yoqqanida engil shamol ko'tarilib, olovni ayol tomonga buradi va natijada ayol alanga ichida qolgan.
«Ayol og'ir ahvolda shifoxonaga keltirilgan. Ayol tanasining 75 foizi kuygan. Birinchi tez-tibbiy yordam ko'rsatdik. Hozir ayol nazoratimizda. Biroq bemorning ahvoli og'ir», - deydi shifokor.